Koronavirus tufayli Oʻzbekiston va Tojikiston futbol terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini bekor qilindi

12:07 16 Mart 2020 Sport
495 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Tojikiston terma jamoalari oʻrtasida shu yil 31-mart kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻrtoqlik uchrashuvi koronavirus tufayli bekor qilindi.

Bu haqdagi qaror OʻFA tomonidan qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Tojiksion termasining BAA, Hindiston bilan oʻrtoqlik uchrashuvlari ham bekor qilingandi. Mart oyida qoʻshnilarimiz 2022-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Moʻgʻilistonga qarshi maydonga tushishlari kerak edi. Ushbu bahs ham boshqa muddatga qoldirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?