Koronavirus tufayli isteʼmolchilar odamlar gavjum boʻladigan joylarga borishdan qoʻrqayotgan mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

22:47 24 Mart 2020 Dunyo
163 0

Arxiv surat

Dunyoning muayyan mamlakatlaridagi Internet foydalanuvchilari koronavirus tahdidi tufayli odamlar gavjum joylardan qochishga harakat qilishmoqda. Buning oʻrniga ular onlayn xizmatlardan foydalangan holda xaridlarni amalga oshirishmoqda.

2020-yil mart oyida oʻtkazilgan “YouGov” soʻrovnomasiga koʻra, Xitoydagi Internet foydalanuvchilarining 85 foizi, Gonkongdagi foydalanuvchilarning esa 83 foizi soʻnggi ikki hafta ichida gavjum jamoat joylaridan qochishgan. Tayvanda fuqarolarning 76, Malayziyada 73, Tailand 70, Singapur 68, Filippin 67 va Indoneziya 28 foizi xuddi shunday fikrda ekanligini bildirgan. AQSHda 27, Buyuk Britaniyada 14 foizga teng boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?