Koronavirus tufayli dunyo iqtisodiyoti bu yil 8,5 trln. dollar yoʻqotadi va boshqa yangiliklar

01:19 15 May 2020 Dunyo
468 0

— Dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,4 mln.dan oshib ketdi, 301 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,69 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— JSST Yevropa koronavirusning ikkinchi toʻlqiniga tayyorlanishi kerakligini maʼlum qildi.

— BMTning qayd etishicha, dunyo iqtisodiyoti joriy yilda 8,5 trln. dollar yoʻqotadi.

— Ispaniyada virusni yuqtirganlar soni 228 mingda oshib ketdi, 140 mingdan ortiq inson sogʻaydi, 27 mingdan ziyod bemor vafot etdi.

— Germaniyaning CureVac firmasi tojdor virusga qarshi vaksina klinikaga qadar muvaffaqiyatli testdan oʻtkazilganini maʼlum qildi. Mamlakatda virusni yuqtirganlar soni 174 mingdan ziyod boʻlsa, 150 mingdan ortigʻi tuzaldi, 7868 nafari hayotdan koʻz yumdi.

— Yaponiyada favqulodda vaziyat rejimi muddatidan oldin bekor qilindi. Bunday holat 47 ta prefekturadan 39 tasida amalga oshirildi. Bu davlatda bemorlar soni 16,7 mingdan ortiq, 700dan ziyod inson vafot etgan, 9 mingdan ortigʻi tuzalgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?