Koronavirus telefon orqali yuqadimi?

12:53 21 Mart 2020 Jamiyat
118 0

Foto: www.google.com

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing oʻtkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi toʻgʻrisida soʻz yuritilmoqda.

“Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar shu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar”, — dedi Bahrom Almatov.

Uning aytishicha, bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham oʻtishi mumkin.

“Bugungi kunda telefonlar eng koʻp ishlatiladigan anjomlardan biri. U oʻzida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham oʻtishi mumkin. Koronavirus toʻlqinlar orqali yuqmaydi. Buni toʻgʻri tushunish kerak”, — dedi Bahrom Almatov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?