Koronavirus sabab Oʻzbekistondagi barcha maktablar, bogʻchalar va OTMlar uch haftagacha karantinga yopiladi

14:29 15 Mart 2020 Jamiyat
6430 0

Oʻzbekistonda barcha maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar va oliy taʼlim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan eʼtiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yigʻilishda maʼlum qilingan. Manbalarning taʼkidlashicha, taʼlim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Avvalroq, 15-mart kuni Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangani, u Toshkentda istiqomat qiluvchi ayol ekani, 11-mart kuni Fransiyadan qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bemor ayolning barcha oila aʼzolari tibbiy kuzatuvga olingan, shuningdek, u bilan birga bir reysda uchib kelgan 48 yoʻlovchi va 9 nafar ekipaj aʼzosi ham nazoratga olinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?