Koronavirus: Rossiyada bir sutkada 178 nafar bemor vafot etdi

23:51 03 Iyun 2020 Dunyo
188 0

Foto: ТАСС

Rossiyada soʻnggi sutkada koronavirusga chalinish boʻyicha 8536 ta holat qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 432 277 kishiga yetdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash boʻyicha tezkor shtab xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yangi kasallanganlarning 38,5 foizida kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan.

Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 8972 nafari tuzalib, jami sogʻayganlar soni 195 957 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus qurbonlari soni esa 178 kishiga oshib, 5215 kishiga yetgan.

Bundan bir kun avval 8863 kishida koronavirus aniqlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?