Koronavirus: Qozogʻistonda kasallikka chalinganlar 12 mingga yaqinlashdi

12:05 03 Iyun 2020 Dunyo
142 0

Soʻnggi bir kunda Qozogʻistonda 225 kishi koronavirusni yuqtirgan, deb xabar beradi coronavirus2020.kz.

Oʻsish 1,9 foizni tashkil etdi.

Hududlar boʻyicha:

Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati - 40 (5.8%)

Olmaota - 39 (1,5%)

Qiziloʻrda viloyati - 30 (7,2%)

Nur-Sulton shahri - 23 (1.0%)

Atirau viloyati - 21 (1.9%)

Chimkent shahri - 21 (2.4%)

Mangʻistau viloyati - 17 (5.8%)

Aqtoʻbe viloyati - 14 (4,0%)

Sharqiy Qozogʻiston viloyati - 6 (4.2%)

Olmaota viloyati - 5 (1,3%)

Jambil viloyati - 5 (1,3%)

Qostanay viloyati - 2 (1,1%)

Shimoliy Qozogʻiston viloyati - 2 (3,4%)

Ayni damda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 11 796 nafarni tashkil qiladi.

5941 kishi sogʻaygan boʻlib, 44 nafar bemor kasallikdan vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?