Koronavirus pandemiyasi 2022-yilda yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda

23:28 21 Sentyabr 2020 Dunyo
367 0

Foto: e-cis.info

“Microsoft” asoschisi Bill Geyts “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi 2022-yilda tugashi mumkinligini maʼlum qildi.

“Ammo 2021-yil davomida muammoga global miqyosda yondashgan holda koronavirusni yuqtirib olganlar sonini kamaytirishimiz lozim”, deydi Bill Geyts.

Geyts AQSHdagi holatni izohlar ekan, mamlakat kelasi yozga qadar “normal hayotga” toʻliq qaytadi deb hisoblamoqda.

Buning uchun esa u butun dunyo boʻylab koronavirusga qarshi kurashni davom ettirish zarurligini taʼkidlamoqda.

Geytsning aytishicha, “COVID-19”ning mamlakatlarga yana “qaytmasligi” uchun kafolat boʻladi.

Avvalroq, "Microsoft" asoschisi AQSH shu yilning oktyabr oyi oxirigacha koronavirusga qarshi vaksinaga ega boʻla olmasligini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?