Koronavirus: O'zbekistonda ahvoli og'ir bemorlar soni ortmoqda

23:46 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
425 0

Shu yilning 18-sentyabr kuni mamlakatimizda 617 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Buxoro, Andijon, Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlarida 553 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 378 nafar bemordan 46 645 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 312 nafar bemordan 489 nafari ogʻir, 254 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?