Koronavirus: Metroda gaplashmaslik iltimos qilindi

21:50 02 Iyun 2020 Dunyo
204 0

Meksika poytaxti metrosi rahbariyati yoʻlovchilar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun ulardan metroda gaplashmaslikni iltimos qildi.

“Zararlanishni jim bartaraf etamiz” kampaniyasi” gaplashish vaqtida ajraladigan zarralar hajmini kamaytirishni maqsad qilgan. Bu zarralar yopiq joylarda virusdan zararlanish omili boʻlishi mumkin”, deyilgan metro rahbariyatining murojaatida.

Mahalliy mutaxassislarning fikricha, shunday yoʻl bilan virusning odamlar orasida tarqalishini kamaytirish mumkin.

Mexiko Shimoliy Amerikaning koronavirusdan eng koʻp jabr koʻrgan megapolislaridan biri hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, Meksikada pandemiya boshidan beri 90 mingdan koʻproq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 9930 nafari vafot etgan.

1-iyundan mamlakatda avval kiritilgan cheklovlar bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?