Koronavirus kasalligiga chalinganlar qay tartibda ovqatlanishlari kerak?

15:48 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
274 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi:

— Koronavirus kasalligini yengish uchun yaxshi ovqatlanishni tavsiya etamiz. Lekin bu degani baquvvat, yogʻli, qovurilgan yoki qiyin hazm boʻladigan ovqatlarni yeyish degani emas.

Sogʻlom ovqat deganda biz yengil hazm boʻladigan, organizm uchun yoqimli, foydali moddalarga boy boʻlgan ovqatlarni isteʼmol qilish talab etiladi.

Hozirgi kunda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan sogʻlom ovqatlanishning asosini meva va sabzavotlar tashkil qilishi tasdiqlangan.

Shuning uchun kuchli va baquvvat deb hisoblagan ovqatlardan oʻzingizni tiyganingiz va bermaganingiz maʼqul. Ularga dimlangan, yengil hazm boʻladigan, yaxshi termik ishlovga ega ozuqa mahsulotlarini bersangiz, oshqozonga zoʻriqish tushmaydi va oʻt dimlanishi ham yengilroq kechadi.

Kasallikni yengib chiqishda kerakli mikroelement va ozuqalarga boy ovqatlardan olish mumkin. Buning uchun yogʻli, qovurilgan va baquvvat ovqatlarni yeyish shart emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?