Koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun qanday namunalar olinadi?

13:15 21 Mart 2020 Jamiyat
197 0

Samarali foydalanadigan usulimiz — PZR-diagnostika, yaʼni, polimeraz zanjir reaksiyasi tekshiruv usulidan foydalanyapmiz. Respublika boʻylab ana shu usulda tekshirish uslubini tashkil qilganmiz, chunki kasallikni qancha barvaqt aniqlasak, shuncha yomon oqibatlarning oldini olishimiz mumkin boʻladi.

Tekshirishning boshqa usullari ham bor. Ekspress test usuli yoki boshqa usullar. Lekin bular kam samara beradigan, kasallik boshlanib boʻlgandan keyin, diagnoz qoʻyilgandan keyingina oʻtkaziladigan tekshiruv usullari hisoblanadi.

Hozircha bu usullardan foydalanmayapmiz, lekin kerak boʻlsa, foydalanish uchun sharoitimiz bor,deydi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov,


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?