Koronavirus dunyoning yana bir davlatiga kirib bordi

14:39 30 Oktyabr 2020 Dunyo
362 0

Bugungi kunga kelib koronavirus pandemiyasi 216 mamlakat va hududlarni qamrab olayotgan edi. Faqatgina sanoqli davlatlargina undan rasman xoli boʻlib turibdi.

“Bi-bi-si”ning xabar berishicha, oʻtgan kuni Marshall orollarida ham Covid-19ga chalinish bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi. 

Marshall orollari — Tinch okeanidagi kichik davlat. U 5 ta orol va oʻnlab atollarda joylashgan. Ushbu davlat sayyohlik yoʻnalishi, AQSH yadro qurolini sinovdan oʻtkazgan va offshor biznes markazi sifatida dunyoga tanilgan. 

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda, dunyoda kasallanganlar soni 45 milliondan oshdi, 1,1 million ziyod inson vafot etgan boʻlsa, qariyb 33 million kishi tuzaldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?