Koronavirus: Braziliya Rossiyani ortda qoldirdi

13:02 23 May 2020 Dunyo
348 0

Braziliya koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari soni boʻyicha Rossiyani ortda qoldirib, 2-oʻringa koʻtarildi, deya xabar berdi dw.com.

Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, 23-mayga oʻtar kechasi holatiga koʻra, Braziliyada 330 890 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, Rossiyada esa bemorlar soni 326 448 nafarni tashkil qilmoqda.

Soʻnggi 24 soat ichida Braziliyada 20 803 kishi koronavirus bilan kasallangan, bu mamlakatdagi pandemiya boshlangandan beri rekord koʻrsatkich. Infeksiya tufayli bir kunda 1001 kishi, pandemiya boshlangandan beri 21048 kishi vafot etgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti favqulodda holatlar boʻyicha rahbari Mayk Rayan juma kuni Janubiy Amerikani “kasallikning yangi oʻchogʻi”, Braziliyani esa “eng koʻp zarar koʻrgan mamlakat” deb atadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?