Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun maxsus shifoxonalar tashkil etildi

20:15 04 Avgust 2020 Jamiyat
365 0

Bu hukumatning “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etildi.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalar quyidagicha biriktirildi:

— Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasidagi 750 oʻrinli - IIVning markaziy gospitaliga;

— “Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilyonidagi 814 oʻrinli - Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;

— “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Nazarbek” sogʻlomlashtirish maskanidagi 350 oʻrinli - Milliy gvardiya va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ;

— Yoshlik sport majmuasidagi 520 oʻrinli - DXXning markaziy harbiy gospitaliga;

— “Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilyonidagi 1000 oʻrinli, Sergeli tumanidagi 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabidagi 250 oʻrinli, Olimpiya zaxiralari sport saroyidagi 500 oʻrinli - Toshkent shahar hokimligiga.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?