Koronavirus antigeni va antitanacha testlarining bir-biridan farqi nimada?

14:48 29 Oktyabr 2020 Jamiyat
161 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

— Koronavirusning inson organizmida mavjudligi, yaʼni organizmga tushgani va inson kasallanganini aniqlash uchun antigenni PZR-testi usulida yoki bugungi kunda mavjud ekspress-testlar yordamida aniqlaymiz.

Bu usulda insonni burun va burun-halqum boʻshligʻidan surtma olinadi. Bu test usuli sezuvchanligi 90%, unda sifatli yaʼni “ijobiy” yoki “manfiy” javob olish mumkin, yoki raqamli, yaʼni natijalar sonlarda keltirilgan holda olinishi mumkin. Koronavirus kasalligini tashxislash uchun shu usullardan foydalaniladi.

Koronavirusga qarshi antitanachalar, bu organizmga tushgan koronavirusga nisbatan organizm immun tizimining kurashish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi, bunda biz kasallik jarayonining kechish davri, organizmni virusga qarshi qanday kurashayotgani va hosil qilgan immunitet tanachalarini baholashimiz mumkin.

Bu usulda insondan qon olib tekshiriladi. Bu usul ham sifatli va sonli boʻlishi mumkin. Natijalar yoki “ijobiy” yoki “manfiy” yoki sonlarda keltirilib chiqarilishi mumkin.

Bu usulni kasallikni diagnostikasi uchun ishlata olmaymiz, chunki, organizmning virusga nisbatan immun javob reaksiyasi kasallikning 7-10 kunlari boshlanishi mumkin, bemorlarda esa, ayniqsa yengil kechirayotganlarda, bu davrda kasallik alomatlari oʻtib boʻlgan va organizmdan virus chiqib ketgan boʻlishi mumkin. Oʻrta-ogʻirlikda, ogʻir va oʻta ogʻir kechirayotgan bemorlarda esa bu davrda kasallik zoʻrayishi va kasalxonaga tushib qolish ehtimoli yuqori boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?