Oʻzbekistonda mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi

15:10 18 Mart 2020 Iqtisodiyot
916 0

Arxiv surat

“Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million soʻmdan oshmaydigan summada mikrokredit beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot”kanali xabar bermoqda.

(Ilgari BHMning 1000 baravari (223 mln soʻm) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan)

Shuningdek, jismoniy shaxslarga 50 mln soʻmdan oshmaydigan miqdorda mikroqarz berilishi belgilandi.

(Ilgari BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming soʻm) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan)

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?