Korxona 2,3 million AQSH dollarlik mahsulotlarni eksportga chiqarishni rejalashtirmoqda

09:55 17 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
770 0

Arxiv foto

Sergeli tumanidagi toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Laura peri fashion” MCHJ turkiyalik investorlar sarmoyasi asosida tashkil etilgan.

Korxona jamoasi joriy yilning oʻtgan davrida jami 18,5 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarishga muvaffaq boʻlishdi.

— Mahsulotlarimizning sifati, bozorbopligi hamda qoʻshimcha tovarlar ishlab chiqarish ustida tinimsiz izlanishlar olib bormoqdamiz, — deydi korxona rahbari Atilla Aydogmus. — Bu esa qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishimizga, mahsulotlarimizni chet ellik xaridorlarga yanada koʻproq yetkazib berishga zamin yaratadi.

Korxonada Yangi yil oldidan 2,3 million AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksportga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Jamshid AKBAROV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?