Koreyalik mutaxassislar ogʻir asab kasalliklari bilan xastalangan bemorlarda maxsus muolaja oʻtkazdi

14:56 24 May 2019 Jamiyat
354 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyda anʼanaviy sharq tabobatiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Anjuman “Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Koreya sogʻliqni saqlash sanoatini rivojlantirish instituti hamkorligidagi Xalq tabobati markazi” loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbirda ushbu soha boʻyicha yetakchi mutaxassislardan iborat Koreya delegatsiyasi, TTA professorlari, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Seminar mobaynida sharqona tabobatning ilmiy asoslangan metodikalarini zamonaviy tibbiyot tizimiga tatbiq etish, sogʻliqni saqlashning anʼanaviy tabobatga asoslangan innovatsion metodikalari boʻyicha maʼruzalar oʻtkazildi hamda Koreya respublikasining yetakchi mutaxassislari ogʻir asab kasalliklari bilan kasallangan bemorlar ishtirokida master-klasslar oʻtkazdi. Bunda bemorlar maxsus tanlab olinib, ular misolida anʼanaviy sharq tabobatining yutuqlari namoyish etildi.

Yulduz OʻRMONOVA, “Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?