Koreyaga ishga joʻnatuvchi xususiy bandlik agentligi litsenziyasi nega toʻxtatildi?

12:07 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
1377 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJga berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya toʻxtatilganini maʼlum qiladi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

“Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish yuzasidan ular bilan shartnoma imzolagan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentligi fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmagani toʻgʻrisida koʻplab norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tushgan.

“Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomining 45-46-bandlariga muvofiq, “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ litsenziyasini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yoʻlga qoʻyish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan Anglashuv memorandumi asosida amalga oshiriladi. Unga koʻra, Ye9 viza bilan fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish vakolati faqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan. Koreya Respublikasida ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.

Vazirlik mazkur xususiy bandlik agentligidan jabr koʻrganlar boʻlsa, IIBBga murojaat qilishlarini soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?