Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi vakillari Xorazmda

10:02 11 Oktyabr 2019 Jamiyat
258 0

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taklifi bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan Koreya jurnalistlari assotsiatsiyasi prezidenti Jung Kyu Sung boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatida boʻldi.

Mehmonlar joriy yilda qurib foydalanishga topshirilgan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi binosida boʻlib, jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar, raqamli teleradio dasturlarni uzatish imkoniyatlari bilan tanishdilar.Mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda mehmonlarga viloyatdagi elektron va bosma nashrlar faoliyati, axborot makoni va media mahsulotlari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Muloqot davomida ikki davlat ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida soʻz yuritildi.

Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi vakillari Urganch shahridagi “Doʻstlik uyi” faoliyati bilan tanishdilar, Xivadagi “ Ichanqalʼa” muzey-qoʻriqxonasi tarixiy obidalari va muzeylarni tomosha qildilar.

Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?