Koreya Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga

11:00 03 Mart 2020 Jamiyat
269 0

Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi oʻz veb-saytida 2020-yil mart oyida Seuldan Toshkentga uchadigan aviareyslar jadvalini eʼlon qildi:

2020-yil 8-mart kuni – “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi;

2020-yil 15-mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyasi;

2020-yil 22-mart kuni – “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi;

2020-yil 29-mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyasi.

Shuni yodda tutish kerakki, Toshkentga qaytgach yoʻlovchilar poytaxtdan tashqaridagi maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda boʻladilar. Tegishli tekshiruvdan oʻtganidan keyin yashash joyiga qaytish uchun ruxsat beriladi.

Aviachiptalar harid qilish masalalari boʻyicha +82 2 754-1041 (KORUZBEK AGENCY) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

Elchixona Oʻzbekiston fuqarolariga sarosimaga tushmasdan, vatanga qaytishning maqsadga muvofiqligini yana bir bor jiddiy oʻylab koʻrishni tavsiya qiladi. Chunki Koreya Respublikasi Hukumati tibbiyot sohasida ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni koʻrmoqda va kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga bepul malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini kafolatlaydi. Shu munosabat bilan Janubiy Koreya rasmiy idoralarining virus tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha talablariga qatʼiy amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini koʻrish zarur.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?