Koreya Respublikasi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vaziri “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalariga eksklyuziv intervyu berdi

15:01 20 Aprel 2019 Jamiyat
241 0

Mamlakatimiz sogʻliqni saqlash sohasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu yoʻnalishda xorijiy tajribani oʻrganish, undan toʻgʻri xulosa chiqarib, tatbiq etish muhim masala sanaladi. Shu maʼnoda, Janubiy Koreya sogʻliqni saqlash tajribasi Oʻzbekiston uchun eng maqbul tizimlardan biridir. Ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari xususida Koreya Respublikasi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vaziri Pak Ning Xu “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalariga eksklyuziv intervyu berdi.

— Bugun tibbiyot sohasi eng rivojlangan mamlakatlar haqida soʻz yuritganda, Koreya Respublikasi peshqadamlardan biri sifatida tilga olinadi. Aytingchi, bunday muvaffaqiyatga erishish siri nimada?

— Darhaqiqat, Koreya Respublikasi qisqa vaqt mobaynida sogʻliqni saqlash sohasida dunyo boʻyicha yuqori oʻrinlarga chiqishga muvaffaq boʻldi. Buning asosiysi siri nimaga deb bergan savolingizga quyidagi uchta omilni keltirmoqchiman. Birinchidan, oxirgi qirq yil ichida mamlakatimizda tibbiyot texnologiyalari juda tez surʼatda rivojlandi. Ikkinchisi, malakali kadrlar tayyorlashga jiddiy eʼtibor qaratildi. Shu oʻrinda mutaxassislarni qanday tarbiyalashimiz haqida ikki ogʻiz aytib oʻtsam. Dastavval maktabning yuqori sinfini bilimi, intilishi va tibbiyot sohasiga qiziqishi boʻyicha tamomlayotgan eng yaxshi oʻquvchidan uch nafarini tanlab olamiz. Ular tibbiyot yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlariga kirganidan keyin eng tajribali oʻqituvchilardan saboq oladi, kasbini chuqur oʻrganadi. Umuman, institutlardagi oʻqitish tizimi mamlakat sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishga jiddiy turtki berdi. Muvaffiyatning uchinchi siri —barcha aholimiz tibbiy sugʻurta bilan taʼminlangan va ularga muntazam ravishda yuqori sifatda xizmat koʻrsatiladi.

Suhbatning toʻliq shaklini “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining 2019 yil 21 aprel sonida oʻqishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?