Koreya Oʻzbekistondan kirib keluvchi fuqarolarga nisbatan karantin choralarini kuchaytirdi

10:28 16 Oktyabr 2020 Jamiyat
169 0

Janubiy Koreya Hukumati Oʻzbekistondan mamlakatga kirib borayotganlar uchun karantin choralarini kuchaytirdi. Shuningdek, ushbu choralarga rioya qilishda faol hamkorlikka chaqirdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi maʼlum qildi.

- tana harorati 37,3 daraja etib belgilandi (avval 37,5 edi);

- kasallik alomatlari bor shaxsning hamrohi ham aeroportdagi maxsus karantin hududida tibbiy koʻrikdan oʻtadi;

- kasallik alomatlari yoʻq shaxslar vaqtinchalik karantinni oʻtash joyida tibbiy koʻrikdan oʻtadi;

- tekshiruv musbat natijaga ega boʻlsa, kasalxona yoki davolash muassasasiga joʻnatiladi;

- tekshiruv manfiy natijaga ega boʻlsa, qisqa muddatli vizaga ega fuqarolar maxsus karantin hududiga, uzoq muddatli vizaga ega fuqarolar (turar joyining karantin sharoitiga muvofiqligi tekshirilgandan soʻng) karantinni oʻtash uchun turar joylariga joʻnatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?