Konlarni oʻrganish jarayoniga zamonaviy usul va texnologiyalar joriy etilmoqda

11:15 16 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
72 0

Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish Davlat dasturi doirasida foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlar va konlarni oʻrganish jarayoniga Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan zamonaviy usul va texnologiyalarni joriy qilishning tizimli choralari koʻrib borilmoqda.

Xususan, 2020-yilda istiqbolli maydonlar va konlarni oʻrganish jarayoniga Yerni masofadan zondlash va aerogeofizik izlanishlarning zamonaviy usullari va texnologiyalarini qoʻllagan holda (WorldView-3, ArcGIS, ENVI, ERDAS Imagine, PCI Geomatica, Global Mapper, spektrometr “Spectral Evolution PSM-3500”, “Impuls A7” aerogeofizik komplekslar) Bukantov, Tomditov, Shimoliy Nurota, Molguzar va Hisor togʻlari hududida umumiy 2500 km.kv maydonda ixtisoslashtirilgan kosmogeologik tadqiqotlar olib borildi. Natijada, toʻplangan geologik maʼlumotlar avtomatlashtirilgan talqin qilish asosida qayta ishlanib, yuqorida keltirilgan togʻli hududlarda kosmogeologik tadqiqotlar olib borilgan maydonlarni kosmogeologik sxemalari tuzildi.

Ushbu hududning 800 kv km maydonida talqin qilingan asosiy kosmos tuzilmalarining geologik tabiati dala sharoitida qayta oʻrganilib, kosmogeologik tadqiqot natijalarining yakuniy bosqichida Bukantov togʻi hududida oltin va uranning yoʻldosh elementlariga 5 ta istiqbolli maydonlar ajratildi.

Shuningdek, Kuljuqtov, Bukantov va Molguzar togʻlari hududlarida aerogeofizika tadqiqotlarining majmuaviy usullarini (magnitqidiruv, elektrqidiruv, gammaspektrometr) qoʻllagan holda geologik izlanishlar olib borish boʻyicha loyiha belgilandi va ishga tushirildi.

Bugungi kun holatiga Kuljuktov togʻi hududida 6000 kv km maydonda izlanishlar olib borildi va olingan natijalar boʻyicha dastlabki fizik maydonlarning tarqalish xaritalari tuzilmoqda.

Bundan tashqari, Bukantov togʻi hududining 990 kv km maydonida aerogeofizika tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?