Kongo DR prezidentlik saylovlarida gʻolib nomi aniq boʻldi

12:29 10 Yanvar 2019 Dunyo
220 0

Foto: AFP/Getty Images

Kongo Demokratik Respublikasi prezidentligi uchun saylovlar oʻz nihoyasiga yetdi va unda Feliks Tshisekedi gʻalab qozondi.

Bugun ertalab eʼlon qilingan saylov natijasi muxolifat partiya vakili Martin Fayulu tomonidan rad etilgan. Saylov komissiyasi esa saylovlarni adolatli oʻtdi deya baholagan.

Tshisekedi yetti milliondan ortiq ovoz olgan va 38,57 foiz ovoz bilan gʻalaba qozongan. Fayulu uchun taxminan 6,4 millionga ovoz, amaldagi prezident Jozef Kabila 4,4 millionga yaqin ovoz bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

Kuzatuvchilar ovoz berish vaqtida bir qator noqonuniy xatti-harakatlar va muxolifat kuchlari tomonidan saylovga xalaqit qilishga urinishlar juda koʻp sodir boʻlgani haqida aytib oʻtishgan.

Ushbu saylovda erishilgan natija, Kongo Demokratik Respublikasining 1960 yilda Belgiya mustamlakasidan mustaqillikka erishganidan keyin hokimiyatni birinchi marta demokratik tarzda egallanishi boʻldi.

Feliks Tshisekedi kelajakda Kongressni adolatli boshqarishga vaʼda berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019