Kompyuter qarshisida oʻtirib, tanaffussiz ishlash saratonni keltirib chiqarishi mumkin

12:14 27 Avgust 2019 Lifestyle
345 0

Illyustrativ foto

Kanadalik olimlar inson salomatligi uchun zararli va keng tarqalgan odatlarni maʼlum qilishdi.

Ular oʻtirgan holdagi turmush tarzi ichak, koʻkrak, oʻpka va prostata bezi saratoniga olib kelishini isbotlashdi. Shuning uchun ofisda ishlovchi kishilar tanaffus paytida jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishlari lozim, deya yozadi “MedikForum”.

Qayd etilishicha, odamlar qator mahsulotlar inson salomatligiga qanchalik kuchli taʼsir koʻrsatishini xayollariga keltirishmaydi. Amerikalik mutaxassislar goʻsht va sut mahsulotlari haddan ziyod isteʼmol qilish saraton kasalligini keltirib chiqarishini aniqlashgan. Mutaxassislarning maʼlumotlariga qaraganda, ratsionida oqsil moddasi koʻp boʻlganlar boshqalarga qaraganda toʻrt marta koʻproq saraton kasalligidan aziyat chekishadi.

Oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar gaz plitasida taom tayyorlash salomatlik uchun jiddiy xavfni keltirib chiqarishini aniqlagan. Tabiiy gaz yonishi jarayonida xavfli moddalar ajralib chiqadi. Shuning uchun gaz plitasi boʻlgan xonada dudburon oʻrnatilgan boʻlishi shart.

Qolaversa, shifokorlar hojatxonada telefon oʻynash yoki gazeta, kitob va jurnal oʻqish odatlaridan voz kechishni maslahat berishadi. Chunki hojatxonada smartfon bilan koʻp oʻtirib qolish qon bosimini koʻtaradi va qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bu churra, ichak shamollashi va boshqa turli kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, yurak xuruji xavfi ham oshadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?