Komil Allamjonovning yangi oʻrinbosarlari tasdiqlandi va xodimlarga tanishtirildi

15:13 12 Aprel 2019 Siyosat
591 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Yigʻilishda Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda hukumat va Oliy Majlis palatalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlashga oid tizimli ishlarni tashkil qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda axborot xizmatlarining nufuzini oshirish, Agentlik tizimiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, matbaa va noshirlik, kutubxonachilik sohasini zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus boʻyicha belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish masalalari alohida qayd etildi.

Kengaytirilgan yigʻilishda shuningdek, yigʻilish ishtirokchilariga va Agentlik jamoasiga yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi – Agentlik direktori vazifasini bajaruvchi Komil Ismoilovich Allamjonov, direktorning birinchi oʻrinbosari Xodjimetov Avazbek Jabborkulovich, direktor oʻrinbosarlari etib Mirziyoyeva Saida Shavkatovna hamda Gʻayrat Nazarovich Bozorov tasdiqlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?