Boʻkadagi yangi majmua loyihasi eʼlon qilindi

18:10 13 Aprel 2019 Jamiyat
484 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Prezident tavsiyasi bilan Toshkent viloyati Boʻka tumanida 5 ta tashabbusning barchasi mujassamlashgan va konteynerlardan iborat ilk yangi loyihaning ish jarayonini namoyish qildi.

Majmua kutubxona hamda kitob oʻqish uchun sokin joylar, kafelar, muzqaymoq doʻkonlari, kiber sport va kompyuter oʻyinlari uchun maxsus arenalar, Wi-Fi hududlari, yopiq amfiteatr, bolalar oʻyingohi, vorkaut va badan tarbiya uchun maydon, yugurish va velosiped yoʻlakchalari, mini futbol maydoni hamda badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shugʻullanishga moʻljallangan universal maydon, samokat, skeytbord va roliklar ijarasi uchun doʻkonni oʻz ichiga oladi.

Ushbu majmua har oyda oʻrtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?