Kombinat mehnatkashlariga tarqatilayotgan bu tovuqlarni ishchi-xodimlar ixtiyoriy ravishda olishlari belgilangan — OKMK Axborot xizmati

19:24 04 Iyun 2020 Jamiyat
832 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishchi-xodimlarga tirik vaznda tovuq berilgani, ularning ahvoli juda yomonligi aks etgan kinoyali xabarlar, fotosuratlar paydo boʻldi. 

Mazkur masalaga “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Axborot xizmati oydinlik kiritib, jumladan, quyidagicha izoh berdi:

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishchi-xodimlarga tarqatilgan tovuqlar fotosuratlarda aks ettirilganidek koʻrinishda boʻlsa-da, isteʼmolga yaroqli va begʻaraz yordam sifatida berilmoqda.

Shuni maʼlum qilamizki, kombinat mehnatkashlariga tarqatilayotgan bu tovuqlarni ishchi-xodimlar ixtiyoriy ravishda olishlari belgilangan».
OʻzA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?