Kolumbiyada rossiyalik “oʻrgimchak odam” ushlandi

17:22 12 Sentyabr 2018 Dunyo
178 0
Foto: Pavel Gogulan

Yaqinda Kolumbiyada rossiyalik rufer(osmonoʻpar binolarga himoya vositalarisiz chiqa oladigan odam) qoʻlga tushirildi.

Rus oʻrgimchak odami laqabini olgan Pavel Gogulan Medelin shahridagi 12 qavatli inshootni zabt etgan paytda ushlangan. Bu haqda Blu Radio xabar berdi.

Binoning oxirgi qavatida joylashgan Bancolombia banki shtab-kvartirasida uni inshoot xavfsizligi xodimlari va mahalliy hokimiyat vakillari kutib olib, qoʻlga tushirdi, deyiladi xabarda.

Tiempo nashrining yozishicha, rossiyalik ekstremal mazkur binoga 3 sentyabr kuni ham chiqishga uringan. Lekin uni oʻsha paytda xavfsizlik xodimlari toʻxtatib qolgan.

Radiostansiya maʼlumotlariga qaraganda, Gogulan Medelindagi bahaybat One Plaza biznes markazi tomiga koʻtarilgan ekan.

Pavel Gogulan hozirgacha dunyoning 48 ta davlatidagi 200dan ortiq osmonoʻpar binolarni zabt etganini maʼlum qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?