Kolumbiya terma jamoasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlaridan foydalanmoqda

15:35 21 Iyun 2018 Sport
523 0
Фото: fb.com/bach.hoosier

Kolumbiya futbol federatsiyasi JCH-2018 paytida Rossiya shaharlari bo‘ylab parvoz qilish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK samolyoti(A320)ga buyurtma berdi.

Bu haqda Uzbekistan Airways bort jurnali bosh muharriri Baxtiyor Nasimov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Kolumbiya termasi, futbolchilar oilalari, jamoa ma’muriyati, shuningdek, muxlislar MAK samolyotlarida Saransk – Qozon – Samara yo‘nalishida parvoz qilishadi.

Muharrir, shuningdek, terma jamoa Barselonadan Qozonga ham aynan o‘zbek aviatashuvchisiga qarashli Boeing – 767 havo laynerida yetib kelganini aytib o‘tgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?