Kolumbiya O‘zbekistonni istiqbolli hamkor sifatida ko‘rmoqda 

14:34 17 Aprel 2018 Siyosat
357 0
Foto: mfa.uz

2018 yilning 17 aprelm kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kolumbiya Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Alfonso Lopes Kaballeroni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz bir-birlari uchun istiqbolli hamkor ekanligi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?