Kollej direktori 150 AQSH dollari pora bilan qoʻlga tushdi

14:14 02 Oktyabr 2018 Jamiyat
936 0

28 sentyabr kuni Romitan tumanidagi qurilish va transport kasb-hunar kolleji direktori vazifasini bajaruvchi Nodirjon Joʻrayev 150 AQSH dollari pora olayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olindi.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, N. Joʻrayev 1989 yilda tugʻilgan fuqaro U. Hayitovdan uning turmush oʻrtogʻi G. Hojiyevani mazkur kollejga oʻqituvchi vazifasida ishga qabul qilish evaziga taʼmagirlik yoʻli bilan 150 AQSH dollari talab qilgan. U150 AQSH dollarini olayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N. B. Joʻrayevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?