Kollej bosh hisobchisi 221,8 mln. soʻmni talon-taroj qildi

14:37 15 Aprel 2019 Jamiyat
327 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Unda Termiz tumani arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji bosh hisobchisi Sh.X. kollejning 5 nafar sobiq ishchi-xodimining nomiga 2017-2018 yillar va 2019 yil 2 oyi davomida jami 221,8 mln. soʻm ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida byudjetga yetkazilgan zarardan 100,3 mln. soʻm undirilishi taʼminlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Sh.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?