“Ko‘k kit” o‘yinining ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan “Qotillar o‘yini” filmining premyera kuni ma’lum bo‘ldi

14:36 19 Aprel 2018 Madaniyat
626 0

O‘zbek kinoijodkorlari “Ko‘k kit” o‘yinining ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan “Qotillar o‘yini” deb nomlangan filmni suratga olishdi. Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlangan film jangari, mistika hamda triller janrlarida suratga olingan. 

Filmda bosh rollarni Shavkat Komilov, Jamila G‘ofurova, Alixan, Begzod Tojiyev, Sevara Soliyeva, Muhammad Ali Iskandarov, Qahramon Sharipov va Feruza Sobitova gavdalantirdi.

Filmning jang lavhalari uchun ikki oydan ziyod tayyorgarlik ko‘rilgan. 

Film rejissor Laziz Ashuraliyev, operator Rustam Yo‘ldoshev, g‘oya muallifi Shavkat Komilov. Film premyerasi 17-may kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tadi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?