Koʻchada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning toʻplanishiga cheklov oʻrnatiladi. Niqobsiz koʻchaga chiqqanlarga jarima miqdori — 1 115000 ming soʻm 

16:05 27 Mart 2020 Jamiyat
552 0

Illyustrativ surat

Respublika maxsus komissiyasi axboroti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar oʻrnatilib, muayyan choralar koʻrilmoqda.

Xususan, 27-mart soat 10:00dan eʼtiboran viloyatlararo transport vositalari (avtobus, avtomobil, shaharlararo taksi, avia, temir yoʻl transporti)ning harakati (yuk tashish hollari bundan mustasno) butunlay toʻxtatiladi. Bunda muayyan hududga taalluqli avtotransportlarning (tranzit) oʻz hududlariga kirib borishiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi.

Mamlakatimiz fuqarolarining sogʻligʻini himoya qilish maqsadida zarur boʻlmagan hollarda (xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari hamda jamoat tashkiloti xodimlaridan tashqari), uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi. Oʻta zarur hollardagina koʻchaga chiqqanda (dorixona, oziq-ovqat doʻkonlari) — shaxsiy himoya vositasi (niqob)da boʻlishi shart. Bordi-yu fuqarolar uyidan tashqariga shaxsiy himoya vositasi (niqob)siz chiqsa, qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Yaʼni, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida

– 1 115000 ming soʻm jarima qoʻllaniladi.

Shuningdek, epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar oʻzaro muloqot chogʻida ikki metr masofa saqlashi shart. Koʻchada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning toʻplanishiga cheklov oʻrnatiladi. Bu taqiq bir vaqtda harakatlanayotgan oilaga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Respublika hududidagi barcha koʻngilochar obyektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik subyektlari (uyga yetkazib berish xizmati bundan mustasno) mamlakatdagi epidemiologik holat barqarorlashmaguniga qadar faoliyatini toʻxtatmay, davom ettirayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan keskin jazo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?