KXDRdagi eng yirik yadro poligoni deyarli yo‘q qilindi

17:41 21 Iyun 2018 Dunyo
262 0
Foto: ВладТайм

KXDR Koreys urushi paytida halok bo‘lgan 200 nafar amerikalik askar qoldiqlarini AQSHga qaytarib berdi.

Rueters xabariga ko‘ra, ular Janubiy Koreyaga topshirilgach, Gavayi orolidagi Xikem harbiy bazasiga yetkazildi. Harbiylarning shaxsini aniqlashga ko‘plab oylar, hatto yillar ketishi aytilyapti.

Ma’lumot uchun, 1950-1953 yillarda ro‘y bergan Koreya urushi paytida qariyb 7,7 ming nafar amerikalik harbiy xizmatchi bedarak yo‘qolgan.

“KXDR yetakchisi Kim Chen In 12 iyun kuni Singapurda Tramp bilan uchrashgan paytda Pxenan-Pukto muzofotidagi Soxe ballistik raketalar sinov poligonini yo‘q qilishga ham va’da bergani ma’lum bo‘ldi”, deyiladi CBS telekanali xabarida.

Mazkur poligonda juda katta yadro kallakchasini ko‘tarib ucha oladigan “Xvason-15” qit’alararo raketasi sinovdan o‘tkazilgan.

Janubiy Koreyaning “Munxva ilbo” gazetasida KXDRda yadro quroli va raketalar yaratishga jalb etilgan 3 mingga yaqin inshoot va obyekt borligi qayd etilgandi. Ularning ichida eng yirigi Pungeri poligoni bugungi kunga kelib deyarli yo‘q qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?