KXDR raketa poligonini qayta tiklashga kirishdimi?

11:24 07 Mart 2019 Dunyo
246 0

Koreya Respublikasi KXDR oʻtgan yil qisman buzib tashlagan Tonchxan raketa poligonida tiklash ishlarini olib borayotgani haqida maʼlum qildi, deb yozadi Renxap. Seuldagi hukumat manbalari ana shunday dalillarni oshkor etgan. Ayni chogʻda Vashingtondagi Beyond Parallel strategiya va xalqaro tadqiqotlar markazi ham sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasvirlar orqali KXDR ushbu poligonda tezlashtirilgan qayta tiklash ishlarini olib borayotgani haqida aytib oʻtgan.

Shimoliy Koreyada monitoring olib borish boʻyicha AQSHning 38 North loyihasi farmoyishida ham 16 fevral-2 mart muddati ichida poligonda tiklash ishlari qilinganiga toʻxtalib oʻtgan.

Unda qayd etilishicha, yopiq turgan kabel-yoqilgʻi quyish ustunlari ochilgan. Avvalroq loyiha tadqiqot guruhi oʻz saytida oʻtgan yil avgust oyidan beri KXDRdagi sinov raketa poligonida buzish ishlari amalga oshirilmaganini maʼlum qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Koreya yarim orolini yadrosizlantirish boʻyicha bitim 2018 yil 12 iyun kunida Singapurda AQSH va KXDR rahbarlari sammitida imzolangan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?