KXDR rahbari AQSH prezidenti bilan uchrashuvni ilmiy fantastikaga qiyosladi

10:23 12 Iyun 2018 Dunyo
364 0
Foto: Reuters

AQSH va KXDR rahbarlari o‘rtasidagi birinchi tarixiy sammit dunyodagi ko‘pchilik odamlar tomonidan ilmiy fantastika sifatida qabul qilinayotgan bo‘lsa kerak. Bu haqida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Donald Tramp bilan uchrashuvi paytida aytib o‘tdi.

“Dunyodagi ko‘pchilik odamlar buni ilmiy-fantastik filmdagi fantastika shakli deb o‘ylaydi”, dedi u kengaytirilgan tarkibdagi muloqotdan oldin.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In Donald Tramp bilan yakkama-yakka suhbatdan so‘ng jurnalistlarning yadro qurolidan voz kechishga tayyormi yoki yo‘qmi qabilida berilgan savolga javob bermagan.
Donald Tramp esa muxbirlarning o‘zaro munosabatlar haqidagi savoliga shunday javob bergan:

“Juda, juda yaxshi, ajoyib munosabatlar”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?