Kitob tumanidagi nonvoyxonada gaz balloni portladi. Bir kishi hayotdan koʻz yumdi

16:49 20 Avgust 2019 Jamiyat
136 0

Illyustrativ foto

2019-yilning 19-avgust kuni soat 12:36 da Qashqadaryo viloyati Kitob tumani X.Olimjon MFY Zilolbuloq koʻchasida joylashgan 43-uyda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

FVV xabariga koʻra, yongʻinga 3 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari jalb etilgan. Voqea joyiga yetib borgan yongʻin oʻchiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yongʻin bartaraf etilgan. Yongʻin oqibatida yashash uyi va nonvoyxonasining 60 kv.metr maydonda tomi va shift qismilari yonib zararlangan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda yashash uyi nonvoyxonasida 50 kg .maishiy gaz ballonning payvandlangan joyidan yorilishi natijasida gaz va havo arashmasining chaqnashi yuzaga kelib, yongʻinga sabab boʻlgan.

Bundan tashqari, chaqnash oqibatida nonvoyxonada boʻlgan 1994-y.t. fuqaro T.S., 1999-y.t. fuqaro B.M., 1994-y.t. fuqaro O.R. va 2000-y.t. fuqaro N.J.lar kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilganligi maʼlum boʻlgan. Shifoxonaning jonlantirish boʻlimida 2000-y.t. fuqaro N.J. vafot etgan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?