Kitob — ilmu zakovat xazinasi

17:22 19 Iyun 2018 Madaniyat
761 0
Illyustrativ foto

Poytaxtimizda “Kitob — ma’naviyat gulshani” mavzuida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

“Agrobank” ATB hamda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda ijodkorlar, nashriyot uyi va bank vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, kitob — qalblarni yorituvchi nur, tafakkurni boyituvchi xazina, kamolot cho‘qqisi va ma’naviy komillikka yetaklovchi hamroh. Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mening birinchi kitobim”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Kitobxon oila” kabi kitob bayramlari, sayillar yoshlarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirish va shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish, ona-Vatanni sevish, sadoqat tuyg‘ularini shakllanishiga, shuningdek, bunyodkorlik g‘oyalarini yuzaga chiqarishdek ezgu ishlarni o‘zida mujassam etganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Anjuman doirasida ushbu moliya muassasasi rahbar va xodimlariga “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy adabiyotlar, bolalar hamda o‘smirlarga mo‘ljallangan kitoblar taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilarga yozuvchi va shoirlarning nazm va nasrga yo‘g‘rilgan, yangi va xorijiy tillardan tarjima qilingan asarlari haqida tanishtirish, jumladan, kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ma’naviy olamini yuksaltirishga qaratilganligi bilan g‘oyatda ahamiyatlidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?