Kislorod ishlab chiqaruvchi uskuna oʻgʻirlandi

14:01 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
153 0

2020-yilning yanvar oyidan 27-iyul kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, nomaʼlum shaxs Buxoro viloyati Vobkent tumani “Rabotoxun” MFY da joylashgan kislorod ishlab chiqarish shaxobchasida oʻrnatilgan 64 yoshli I.A. ga tegishli narxi 306.311.700 soʻm boʻlgan kislorod ishlab chiqarish uskunasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 50 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlanib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Oʻgʻirlangan uskuna esa Xorazm viloyati Urganch shahrida faoliyat olib borayotgan MCHJ hududida ekanligi aniqlanib, va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilib olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?