“Kino sanʼati” jurnalining ilk soni chop etildi

16:02 21 Aprel 2019 Madaniyat
259 0

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi muassisligidagi “Kino sanʼati” jurnalining 1-soni nashr etildi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi “Yoshlar press-klubi”da jurnalning taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirga taniqli kinorejissyorlar, ustoz sanʼatkorlar, xalqaro ekspertlar, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Taqdimot marosimida taʼkidlaganidek, “Kino sanʼati” jurnalining nashr etilishi soha mutaxassislari, talaba va murabbiylar, olimlar, kino ixlosmandlari uchun erkin ijod minbari, ilmiy qoʻllanma boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.

Jurnal ilk nishona sonidanoq oʻquvchilar eʼtiborini qozondi. U “Nostalgie”, “Yoʻl boshida”, “Ustun”, “Ochigʻini aytganda” singari oʻnlab qiziqarli ruknlardan hamda badiiy-publitsistik maqolalardan iborat. Uning dizayni va maqolalar mazmuni kino olami bilan hamohang.

68 sahifadan iborat mazkur jurnal yilda 4 marta chop etiladi. Jurnalning 1-soni 3 ming nusxada bosilgan.

Yulduz OʻRMONOVA (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?