Kimoshdi savdosida eng qimmat narxga sotilgan avtomobil qaysi?

12:17 28 Avgust 2018 Dunyo
404 0
Foto: CarDiagram

Dunyoga mashhur Sothebyʻs auksionida 1962 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GTO avtomobili 48,4 million AQSH dollariga sotildi. Bu kimoshdi savdolari tarixida eng qimmat narxga xarid qilingan avtoulovdir, deb yozadi CNBC.

Auksion Kaliforniya shtatidagi xayriya tadbiri doirasida oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, shu yil mart oyida fransuz qoʻshiqchisi Jonni Xolideyga tegishli Ferrari 240 ming yevroga sotilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?