Kimlar test sinovi uchun toʻlovni amalga oshirmaydi? — DTM mutasaddisi javobi(2-qism)

15:58 06 Iyul 2020 Jamiyat
361 0

Arxiv foto

Avval xabar berilganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat test markazi boshqarma boshligʻi Diyorbek Qoʻchqorov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, test sinovi uchun toʻlovni qanday amalga oshirsam boʻladi?

Javob: Roʻyxatdan oʻtish yakunlanganda, abituriyentning shaxsiy kabinetida bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirish uchun invoys hosil boʻladi.

Invoysning quyi qismida onlayn toʻlov tizimlari orqali toʻlovni amalga oshirish uchun havolalar joylashgan. Ular orqali toʻlovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Umuman olganda, toʻlovni Click, payme, upay, Paynet kabi elektron toʻlov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

Savol: Kimlar test sinovi uchun toʻlovni amalga oshirmaydi?

Javob: Toʻlovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar:

— Taʼlim muassasalari (maktab, litsey va kollejlar)ni 2020-yilda tamomlaganlar;

— Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar;

— Toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar;

— Chet el fuqarolari;

Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlariga (madaniyat, sanʼat, sport va hokazo) roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar;

— Test sinovlarisiz, koʻp balli tizim boʻyicha imtihon oʻtkaziladigan va oʻqitish qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlariga topshirganlar;

— Ota (onasi) xizmat vaqtida halok boʻlgan yoki nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari;

— Ota (onasi) xizmat vaqtida halok boʻlgan yoki nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;

— Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar (respublika bosqichi gʻoliblari);

— Harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda beriladigan tavsiyanomaga ega abituriyentlar;

— Tanlov yoki musobaqa gʻoliblari hamda davlat mukofoti sohiblari (xalqaro fan olimpiadasi, Respublika va xalqaro sport musobaqalari, Zulfiya mukofoti, Tarbiyachi tanlovi, Hamshira tanlovi, Nihol mukofoti, Kelajak ovozi, Badiiy akademiya, Mard oʻgʻlon).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?