Donald Tramp va Kim Chen In Shveysariyada uchrashishi mumkin

15:55 06 Iyul 2018 Dunyo
260 0
Foto: EPA

KXDR o‘z mamlakati rahbari Kim Chen Inning Shveysariyada AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

Bu haqda Kyodo agentligi o‘zining diplomatik manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pxenyan o‘z diplomatlarini Bern, Davos va Jeneva shaharlariga jo‘natgan. Ular AQSH va KXDR rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari, shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya ishtirokidagi uchrashuvlar o‘tkazishga to‘g‘ri keladigan konferens-zallar va mehmonxonalar haqida axborot olib kelishadi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kuni Kim Chen In va Tramp o‘rtasidagi ilk tarixiy sammitga Singapur mezbonlik qilgandi. Uning yakunida o‘zaro kelishuvga erishilgan edi. Mazkur hujjatga ko‘ra, Pxenyan Vashington tomonidan xavfsizlik kafolatlari berilishi evaziga Koreya yarim oroli to‘liq denuklerizatsiya qilinishini bildirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?