Kim Chen In poytaxtdagi barcha xonaki itlarni musodara qilishni buyurdi

17:22 18 Avgust 2020 Dunyo
326 0

KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyandagi barcha xonaki itlarni musodara qilishni buyurdi. Uning fikricha, bunday turdagi uy hayvonlari boquvchisining “burjua mafkurasi”dan dalolat beradi, chunki “oddiy odamlar choʻchqa va chorva” boqadi.

“Bular esa kuchuk boqishni istab qolibdi, undan esa deyarli hech qanday foyda yoʻq”, — degan u.

“Yuqori lavozimdagi mansabdorlar va boy odamlar uylarida it boqishadi, bu esa aholining quyi tabaqalarida norozilik keltirib chiqaradi”, — deya anonim manba soʻzlarini keltiradi Fox News.

Hukumat vakillariga mazkur yangi dastur haqida oshkora gapirish taqiqlangan. Ammo qoʻshni Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari aholidagi bunday hayvonlar musodara qilinayotgani, agar oʻz ixtiyori bilan berishmasa, hatto tortib olishayotgani haqida yozmoqda. Qayd etilishicha, ularning bir qismi oʻldirib yuborilyapti.

“Ayrim itlar esa davlat hayvonot bogʻlariga yoki restoranlarga sotib yuborilmoqda”, deb yozadi Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo gazetasi, shu jumladan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?