Kim Chen In endi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan shaxsan uchrashmoqchi

15:03 14 Iyun 2018 Dunyo
412 0
Foto: Life.ru

Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tgan sammit paytida AQSH prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni olib tashlashning shartlaridan biri sifatida Yaponiya bilan muloqot olib borish ekanligini aytgandi.

Xususan, agar Pxenyan keng miqyosda iqtisodiy yordam olmoqchi bo‘lsa, Koreya yarim orolini to‘liq denuklerizatsiya qilishdan tashqari Abe bilan qator muammolarni hal etib olishi kerakligi ta’kidlangan. Gap KXDR maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgani taxmin qilinayotgan yapon fuqarolari haqida ketyapti. Bunga javoban Kim Chen In mavjud masalalarni ko‘rib chiqish uchun shaxsan Abe bilan uchrashish istagini bildirgan. Bu haqda “Sankey Simbun” nashri xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular joriy yil sentyabr oyida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Vladivostok iqtisodiy forumi maydonida ko‘rishishlari mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?