Surxondaryoda sodir etilgan qotillik 11 yil o‘tib fosh bo‘ldi

16:57 29 Iyun 2018 Jamiyat
605 0
Illyustrativ foto

2007 yil oktyabr oyida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida sodir etilgan jinoyat oradan 11 yil vaqt o‘tib ochildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, o‘sha vaqtda tumanda yashovchi Q.Sh. uyida birga yashagan 4 yoshli o‘gay o‘g‘li Y.M.ning boshiga qo‘li bilan urgan, natijada u yerga yiqilib hushidan ketib vafot etgan. Shundan so‘ng Q.Sh. bola jasadini uyi oldidagi hojatxona uchun kovlangan chuqurga ko‘mib tashlagan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida Q.Sh. ushlanib voqea joyi bo‘lgan hovlisidan suyak qoldiqlari va qora rangli mato bo‘laklari topib olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?